Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, amalga oşirilayotgan bunyodkorlik va obodonlaştiriş işlari, yirik loyihalar bilan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 7 iyul kuni Namangan viloyatiga taşrif buyurdi.

«Namangan mamlakatimizning har tomonlama rivojlangan, eng gözal viloyatlaridan biri. Keyingi yillarda uning iqtisodiy salohiyati yanada oşib, şahar va qişloqlar obod bölib bormoqda. Joriy yilning birinçi çoragida yalpi hududiy mahsulot 8,7 foiz ösgan. Bu ulkan bunyodkorlik işlariga asos bölmoqda. 

Mustaqilligimizning 25 yilligi arafasida Qamçiq dovoni orqali 19 kilometrlik noyob tunnelni öz içiga olgan Angren – Pop elektrlaştirilgan temir yöli oçilgani mamlakatimiz hayotidagi ulkan voqea böldi. Bu yöl köplab iqtisodiy imkoniyatlar qatori Namangan viloyatining muhim tranzit hududiga aylanişini ham ta'minladi», deyilgan ÖzA xabarida. 

Birinçi Prezidentimiz Islom Karimovning 2015 yil 24 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan 2016-2019 yillarda Namangan viloyatining sanoat salohiyatini rivojlantiriş dasturiga muvofiq yuzlab investitsiya loyihalari amalga oşirilmoqda. Ularning orasida umumiy qiymati 2 milliard 1 million dollarga teng bölgan, 1800 megavatt elektr energiyasi işlab çiqarişga möljallangan Töraqörğon issiqlik elektr stansiyasi alohida örin tutadi. Uşbu elektr stansiyasi nafaqat Namangan viloyati, balki butun Farğona vodiysida elektr energiyasiga bölgan talab va ehtiyojni qondirişga xizmat qiladi. 

Pop tumanida 100 megavatt quvvatga ega bölgan, umumiy qiymati 210 million dollarni taşkil etadigan quyoş elektr stansiyasini quriş, Mingbuloq tumanida 211 million dollarlik “Mingbuloq neft-gaz” konini özlaştiriş va boşqa investitsiya loyihalari viloyat iqtisodiyotini yangi bosqiçga kötaradi. 

Namanganda kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi izçil rivojlanmoqda. Viloyat işbilarmonlari xorijiy texnologiyalar asosida xaridorgir mahsulotlar işlab çiqarib, eksportdan katta daromad topmoqda. Joriy yilning birinçi çoragida 79 korxona tomonidan 17,4 million dollarlik eksport amalga oşirilgan. Eksportçi korxonalar safiga 19 yangi sub'yekt qöşilgan. 

Şavkat Mirziyoyev özining saylovoldi dasturida bu boradagi işlarni yanada yuqori bosqiçga kötariş, mamlakatimizning barça hududlari qatori Namangan viloyatini ham izçil rivojlantiriş böyiça ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi.