Bugun, 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Özbekistonda avtomobilsozlikni rivojlantiriş strategiyasi» mavzusida OAV vakillari bilan oçiq muloqot bölib ötdi.

Jurnalistlar 2017 yilning 13 iyun kuni Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziëyev «Xorijiy investitsiyalar iştirokidagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» korxonasini taşkil etiş töğrisida»gi qarorni imzolagani, «Jizzax» erkin industrial zona hududida yengil tijorat avtomobillarini işlab çiqariş obektlarini quriş işlarining oxirgi muddati sifatida 2018 yilning 10 dekabri körsatilgani, lekin nega hanuzgaça prezident topşiriği bajarilmagani haqida savol berdi.

«Bu savolga javob bera olmayman. Çunki bu ikki tomonlama hal qilinadigan iş. Axir bir tomonda fransuz hamkorlarimiz turibdi. Bu ular bilan boğliq muammo, muammo ularning özida», —deya «Özavtosanoat» strategik rejalaştiriş direksiyasi boşliği Rustam Qodirovning sözlarini keltirmoqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi matbuot xizmati.

Eslatib ötamiz, 2017 yil 16 may kuni «Özavtosanoat» aksiyadorlik jamiyati Fransiyaning «Peugeot Citroen Automobiles S.A» kompaniyasi bilan mas’uliyati çeklangan jamiyat şaklida, ustav jamğarmasi, ekvivalenti 29,3 mln yevro miqdoridagi «Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive» qöşma korxonasini taşkil etiş töğrisida bitim imzolanganini ma’lum qilgandi.

Rejaga köra, Jizzaxdagi Peugeot-Citroen zavodi 2018 yil dekabrida işga tuşişi kerak va yil oxirida dastlabki mahsulotlarini işlab çiqarişi kerak edi. 133 million yevroga baholangan loyiha doirasida yiliga jami 16 ming dona Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari yiğilişi lozim edi.

Kun.uz suriştiruviga köra, 2018 yilning oxiriga kelib, zavod 50 foizga ham qurib bölinmagandi.

Jizzaxda avtomobil zavodi qurilişi nega töxtab qoldi? Vaqtida bitmagan navbatdagi loyiha va «Özavtosanoat»ning mavhum izohi

Keyinroq «Özavtosanoat» kompaniyasi boşqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylaştiriş böyiça örinbosari v.b. Azizbek Şukurov PSA Groupe avtomobil zavodi maydonçasida quriliş işlarining töxtatilişi loyiha texnologik konsepsiyasini qayta körib çiqiş bilan boğliqligi haqida