Jizzax viloyatida bölajak PSA Groupe avtomobil zavodi maydonçasida quriliş işlarining töxtatilişi loyiha texnologik konsepsiyasini qayta körib çiqiş bilan boğliq. Bu haqda «Özavtosanoat» kompaniyasi boşqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylaştiriş böyiça örinbosari v.b. Azizbek Şukurov xabar berdi.
Video: Mover (tas-ix)
https://mover.uz/video/embed/DwJfHw8m/
Video: Youtube
«Texnologik konsepsiyani qayta körib çiqayotganimiz haqida aytayotganimiz tufayli, devorlar va tomlarning özidan taşqari, u yerda texnologik uskunalar ham bölişi kerak. Avtomobilsozlikda asbob-uskuna şunçaki yerga joylaştirilmaydi. Texnologiyaga boğliq jihatlar hali tayyor emas», - dedi Şukurov.

Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive Özbekiston-Fransiya avtomobil zavodi 2018 yil dekabr oyi boşida dastlabki mahsulotni işlab çiqarişi kerak edi, ammo işlab çiqaruvçilar loyiha qayta körib çiqilişi haqida xabar berişdi.
Işlab çiqariş kompleksi poydevoriga kapsula qöyiş marosimi 2017 yil iyul oyida «Jizzax» erkin iqtisodiy zonasida bölib ötdi. Dastlab, zavod quvvati yiliga 16 ming dona avtomobil işlab çiqarişga möljallangani xabar qilingandi.
«Özavtosanoat» ma’lumotlariga köra, loyihada yölovçilar va yuklarni taşiş uçun möljallangan ikki turdagi yengil tijorat avtomobilini işlab çiqarişni özlaştiriş közda tutilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq GM Uzbekistan nomi özgarişi xabar qilingandi.
















