Volvo markasiga egalik qiluvçi Xitoyning Geely konserni AQŞning uçar avtomobil işlab çiqaruvçi Terrafugia kompaniyasini sotib oldi. Bu haqda The Detroit Bureau naşri xabar bermoqda.
Ayni vaqtda dunyoda köplab kompaniyalar uçar avtomobillar yaratiş bilan şuğullanadi. Ular orasida Slovakiyaning AeroMobil va Germaniyaning Carplane kabi startaplari bilan birgalikda, Airbus, Toyota va Uber kabi yirik kompaniyalar bor.
Biroq aynan Terrafugia uçar avtomobil yaratişda hammadan köproq oldinlab ketişga muvaffaq bölgan taniqli kompaniyalardan biri hisoblanadi. Firma AQŞ fuqarolik aviatsiyasi federal boşqarmasining yengil sport samolyotlari sifatida parvozlar amalga oşirişga ruxsatini olişga muvaffaq bölgan.
Hozir kompaniya Terrafugia TF-X uçar avtomobili ustida işlamoqda. Bu avtomobilda 4 ta örindiq, vertikal uçiş imkoniyati, yiğiluvçi qanotlar, inson iştirokisiz favqulodda qöniş funksiyasiga ega avtopilot va texnik nosozliklar vaqtida xavfsiz qöniş uçun paraşyutlar tizimi böladi.

Taxmin qilinişiça, maşinaning ilk işçi prototiplari 2019 yilda uçişni boşlaydi. Uning seriyali varianti esa bundan bir neça yildan keyin paydo böladi.
Dastlabki hisob-kitoblarga köra, uçar avtomobilning narxi 300-400 dollarni taşkil qiladi.

















