Amerikaning Pensilvaniya ştati, Ross şahridagi uy devori içida 13 yildan beri har kuni qönğiroq çaluvçi elektron budilnik topildi. Bu haqida CBS xabar beradi.
Telekanal ma'lumotiga köra, 2004 yilda uy egasi devorning aynan qaysi burçagida televizor antennasiga olib boruvçi kabel ötişini aniqlaşga qaror qiladi. Buning uçun budilnikni olib, uni quvur böylab arqonda tuşirişga urinadi. Biroq qurilmani tasodifan tuşirib yuboradi. Şundan beri, har kuni tonggi 06:50 da devordan qönğiroq çalib, uy egalariga tinçlik bermay keldi.
Iyun oyida mahalliy OAV odamlarni 10 yildan köp vaqt davomida bezovta qilib kelayotgan budilnik haqida reportaj namoyiş etişdi. Isitiş tizimini örnatuvçi kompaniya xodimlari buni körgaç, uy egalariga yordam berişga qaror qilişdi.
Kameralar yordamida qurilma qayerda joylaşganini aniqlaşga muvaffaq bölişdi. Şundan söng, budilnikni devordagi teşik orqali olib çiqişdi. Donali batareyka 13 yil davomida oksidlanişiga qaramay, işlaşda davom etgan.












