Amerikaning Finiks şahrida (Arizona ştati) Tselsiy şkalasi böyiça 47,2 daraja qayd etildi. Şu bilan 112 yil avvalgi rekord özgardi, deb xabar qilmoqda TASS agentligi.
AQŞ Milliy meteorologiya xizmatining tasdiqlaşiça, Finiksdagi harorat 7 iyul kuni 47,2 darajani taşkil etgan. Bungaça, 1905 yilda qayd etilgan 46,1 daraja eng yuqori deb hisoblanar edi.
Şahardagi termometrlar ustunlaridagi körsatkiçlar har yili 7 iyulda örtaça 41,7 darajani körsatadi. Finiks xalqaro aeroportida havo harorati 17 marta 43,3 darajagaça qizigan.












