2017 yil Özbekiston hayotida tom ma'noda buriliş, ijobiy özgarişlar yili sifatida tarixga kirsa ajab emas. Davlat rahbariyati tomonidan boşlangan va keng kölamda olib borilayotgan islohotlar qamrovi aqlni şoşiradi. “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yilida Davlat rahbarining şaxsiy namunasi bilan tom ma'noda xalq bilan muloqot yölga qöyildi. Barça vazirlik va idoralar, davlat organlari, rahbarlar bundan avvalo özlari manfaatdor ekanliklarini tobora his qilişmoqda.

Xalqaro Press-klub esa bu borada haqiqiy sensatsiya maydonlaridan biriga aylandi desak, mubolağa bölmaydi. XPK, taşkil etilganiga köp bölganiga qaramay,  davlat organlari va OAV, xalq örtasida bevosita muloqot markaziga aylanib ulgurdi. 

Foto: Xalqaro press-klub 

Ammo, masalaning yana bir jihati borki, Press-klub oşkoralik, şaffoflik ruhiyatini qançalik ilgari surişga urinmasin, ötkazilayotgan sessiyalarda qatnaşayotgan ayrim hurmatli spikerlarning (ular xoh senator yoki vazir, biror idora rahbari bölsin) hamon hadiksiraşi, savollarga aniq va lönda emas, qolipga solingan va qanoatlantirmaydigan mujmal javoblar berişi yoki bizda bu kabi ma'lumot mavjud emas, deya mas'uliyatni özidan soqit qilişga urinişlari hamon uçramoqda. 

Xususan, XPKning kuni keça, 7 iyulda bölib ötgan sessiyasida Özbekiston Oliy Majlisi Senati a'zolari, qömitalar rahbarlari, turli vazirlik va idoralar rasmiylari, OAV iştirokida yiğiliş bölib ötdi. “Özbekiston” teleradiokanali va MY5 telekanali orqali jonli efirda namoyiş qilingan sessiyaning 2 soatdan ortiqroq vaqti, asosan, umumiy gaplar bilan ötib ketdi. Spikerlarning reglamentga rioya qilmasligi sababli savol-javob qismi qisqaroq böldi, köplab muhim savollar berilmay qolib ketdi. Ayrim savollarga berilgan javoblar, umuman, tomoşabinni qoniqtirmagani aniq. 

Masalan, sessiyada öqituvçi va şifokorlarning joylardagi hokimiyatlar tomonidan köça-köylarni tozalaş, supur-sidir, obodonlaştiriş va haşarlarga keng jalb etilayotgani xususida savol yangradi. Bunga javoban, spikerlardan biri tomonidan bildirilgan fikr, vaziyatni bilmasligi yoki savolni töğri anglamaganidek taassurot uyğotdi. Spikerning aytişiça, bu kabi jamoat işlarida öqituvçilar, şifokorlar va boşqa fuqarolar iştirok etmasa, çetdan biror kişi kelib tozalab berişi kerakmi?