«Mançester Yunayted» «Everton»dan belgiyalik hujumçi Romelu Lukakuni sotib olayotgani haqida öz rasmiy saytida e'lon qildi.
Bungaça berilgan xabarlarda «Yunayted» uşbu futbolçining transferini 100 million funtga baholagani, dastlab 75 mln funt tölanişi, 15 mln funt bonuslar körinişida berilişi, yana 10 mln funt – «MYu»dan «Everton»ga uşbu transfer doirasida ötayotgan Ueyn Runining narxi ekani aytilgandi.
«MYu» xabarida Lukaku tez orada Los-Anjyelesda tibbiy körikdan ötişini tasdiqlagan. Futbolçi ayni vaqtda AQŞda Pol Pogba bilan birga ta'tilni ötkazmoqda.
Mançesterliklar klubi 24 yoşli futbolçi uçn «Çelsi» bilan raqobatlaşgandi, londonliklar jamoasi ham «MYu» kabi 75 million funt taklif qilgandi.











