AQŞ Davlat departamenti xodimlari mamlakat prezidenti Donald Tramp uçun 7–8 iyul kuni G20 sammiti ötadigan Hamburg şahrida mehmonxona buyurtma qilişga ulgurmadi. Bu haqda Buzzfeed portali öz manbasiga asoslangan holda xabar bergan.

Qayd etilişiça, Tramp ma'muriyat vakillari bilan birga Four Seasons mehmonxonasida töxtamoqçi edi, ammo bu mehmonxona Saudiya Arabistoni vakillari tomonidan band qilib bölingani aniqlandi. Bu vaqtda esa şaharda AQŞ prezidenti töxtaşi mumkin bölgan lyuks toifadagi barça mehmonxonalarda böş joy qolmagandi.

Şundan söng, Tramp avvaliga Berlinga borib, poytaxtagi mehmonxonalardan birida qoliş va Hamburgga vertolyotda borişni  rejalaştiradi.

Lekin keyinçalik, Trampni Hamburgdagi hukumat uyida qabul qilişgan, uning jamoasi esa AQŞ konsulxonasida joylaşişgan.

Namoyişçilar Melaniya Tramp töxtagan mehmonxonani örab olişdi