
Özbekistonda nodavlat notarial idoralari faoliyati yölga qöyiladi. Hozirda mazkur idoralarning faoliyatiga doir qonun hujjatlari işlab çiqilmoqda. Bu haqida 7 iyul kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.
«Raqobat bölgan har bir sohada yangiliklar, rivojlanişlar kuzatiladi. Xususiy, aniqroği, Davlat byudjyetidan taşqari faoliyat olib boruvçi notarial idoralarning taşkil etilişi öz samarasini berişiga işonaman», deya Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari Anvar Usmonovning sözlarini keltirgan «Kun.uz» muxbiri.

Ta'kidlanişiça, notariat sohasiga qiziquvçi oliy ma'lumotli va malakaga ega bölgan fuqarolar Davlat byudjyetidan taşqari notarial faoliyat bilan şuğullanişga murojaat qilişlari mumkin böladi. Ular maxsus kommissiyaga imtihon topşirgan holda kerakli sertifikat yoki litsenziyani oliş imkoniga ega bölişadi.
Ma'lum bölişiça, Davlat byudjyetidan taşqari bölgan notariat idoralarini birlaştirib turuvçi va ularning faoliyatini nazorat qiluvçi maxsus palata taşkil etiladi. Mazkur idora xodimlarining malakasi muntazam ravişda oşirib borilib, muayyan vaqtdan söng attestatsiyadan ötişlari közda tutilgan.











