«Inter» yarim himoyaçisi Ivan Perişiç faoliyatini Angliya çempionatida davom ettirişi oydinlaşmoqda.

Uşbu xorvatiyalik futbolçi tvitterida «MYu»ga ötayotganiga şama qildi - u akkauntida qizil doira belgisini, ya'ni «qizil iblislar»ning asosiy rangidagi belgini qoldirgan.

Perişiç 2015 yilda «Inter» safiga ötiş oldidan ham şunga öxşaş tvit yozgan, neradzurrilarning asosiy ranglari bölmiş kök va qora ranglardagi doiralar belgisi orqali uşbu jamoaga ötayotganiga işora qilgandi.

Bundan oldingi xabarlarda uşbu futbolçi transferi uçun «Inter» 50 million yevro talab qilayotgani, «MYu» esa uşbu transferni 40 million yevro evaziga amalga oşirişni rejalaştirgani aytilagandi.

«Inter»ning yangi boş murabbiyi Luçano Spalletti futbolçini tarkibda saqlab qolişni istagan.

Keyinroq futbolçining özi Angliyaga ketişni istayotgani va klub rahbariyatiga şu istagini ma'lum qilgani haqida xabarlar paydo böldi.