Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga taşrifining ikkinçi kuni Namangan tumanidagi “Merrymed Farm”mas'uliyati çeklangan jamiyatida böldi. Bu haqda ÖzA xabar qilmoqda.
“Merrymed Farm” MÇJ xitoylik hamkorlar iştirokida taşkil etilgan. Korxona faoliyati farmatsevtik mahsulotlar işlab çiqariş, saqlaş, transport-logistika, marketing jarayonlarini tölaligiça özida qamrab olgan. Iş jarayoniga yuqori texnologik uskunalar va elektron axborot nazorat qiliş tizimlari joriy etilgan.
“Merrymed Farm” MÇJ import örnini bosuvçi 10 farmakologik guruhdagi 100dan ortiq turdagi dori vositalarini işlab çiqarmoqda.
Korxona ösimlik va sintetik xomaşyodan dori vositalari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan. Tabletkalar, kapsulalar, mazlar, galen mahsulotlari, suspenziyalar, infuziyalar, inʼeksiyalar, quruq kukun körinişidagi antibiotiklar işlab çiqariş yölga qöyilgan. Korxona zamonaviy farmatsevtik uskunalar bilan jihozlangan. Korxonada 300ga yaqin işçi mehnat qiladi.
Şavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanişdi. Işlab çiqarilayotgan mahsulotlar, işçilarga yaratilgan şaroitlar bilan qiziqdi. Korxonada amalga oşiriladigan yangi loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Sohani yanada rivojlantiriş uçun dunyo tajribasini özlaştiriş kerak, dedi Prezident. Bu borada import örnini bosuvçi, sifatli dorilar işlab çiqarişga alohida e'tibor qaratiş lozim.
Farmatsevtika yönalişida yangi korxonalar qurişda aholi talabini örganiş, mamlakatimiz hududlarida turli dori vositalarini işlab çiqarişni keng yölga qöyiş kerakligi ta'kidlandi.
Bu bozorda bir turdagi dori vositalari emas, turli farmakologik guruhdagi dorilar köpayişi va import örnini egallaşiga imkoniyat yaratadi, dedi davlat rahbari.











