Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joylarda olib borilayotgan islohotlar, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida Namangan viloyatiga taşrifi doirasida “Nuroniy” jamğarmasining Namangan viloyati bölimi yangi binosi va «Nuroniylar maskani» bilan tanişdi.
Keksalarni e'zozlaş, ularga hurmat-ehtirom körsatiş xalqimizga xos ezgu fazilatlardan. Mamlakatimizda yoşi uluğ insonlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, turmuş şaroitlarini yanada yaxşilaş, salomatligini mustahkamlaşga alohida e'tibor qaratilmoqda. Zotan, nuroniylarni e'zozlagan kam bölmaydi, dedi Şavkat Mirziyoyev.
ÖzA agentligining yozişiça, jamğarmaning Namangan viloyati bölimida ma'muriy bino, çoyxona barpo etilgan. Barça xonalar zamonaviy mebel va kompyuter jamlamalari bilan jihozlanib, qulay iş şaroiti yaratilgan.
Prezident «Nuroniylar maskani»da yaratilgan şaroitlar bilan tanişib, oqsoqollar bilan suhbatlaşdi.
Suhbatda yoşlar tarbiyasi, boşlanğiç ta'lim tizimini takomillaştiriş, yoşlarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirişga alohida e'tibor qaratildi. Aholini iş bilan ta'minlaş masalasi diqqat markazida böldi.












