Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasi Senat faoliyatining birinçi yarim yillik böyiça hisobotiga bağişlandi. Unda jurnalistlar senatorlarga qator savollar bilan murojaat qilişdi. Jumladan, "Senat neça nafar mansabdor şaxs hisobotini qoniqarsiz deb topdi va öşa hisobotlarga qanday çoralar körildi?" degan savolga mutaxassislar quyidagi javobni berişdi:
"Yuqori idoralardagi rahbarlarning hisobotlarini eşitganimizda bizda doim çuqur tahlillar ötkaziladi. Albatta biz Senat tomonidan vazirlik rahbarlarining hisobotlarini eşitib, katta tahlillarga asoslangan tavsiyalarni beramiz.
Vakolat doirasida qonunlar ijrosiga e'tibor bermagan, fuqarolarning muammolarini joyida hal qilmagan, 100 ga yaqin mansabdor şaxs javobgarlikka tortilgani haqida aytişim mumkin.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, senatorlar öz faoliyatidan qoniqyapti deyişdan yiroqmiz. Qaçonki inson öz işidan qoniqiş hosil qilsa, demak, öşa odam ölgan deb hisoblayvering, unda rivojlaniş bölmaydi".
















