«Roma» himoyaçisi Antonio Ryudiger Londonning «Çelsi» klubi safini töldirdi. Londonliklar klubi rasmiy sayti, 24 yoşli uşbu germaniyalik futbolçi tibbiy körikdan ötib, klub bilan 5 yillik şartnoma imzolaganini ma'lum qildi. 

London klubida 24 yoşli futbolçi 2-raqam ostida töp suradi.

Bundan avvalgi xabarlarda uşbu transfer qiymati 34 million funt sterlingni taşkil qilişi mumkinligi aytilgandi. Futbolçining «Çelsi»da oladigan maoşi miqdori yiliga 3,5 million funt.

«Yangi jamoadoşlarim bilan uçraşuvni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Rasman «Çelsi» futbolçisi bölganimdan faxrlanaman», — degan Ryudiger.

«Roma»ga futbolçi 2015 yilda «Ştutgart»dan ijara asosida kelib qöşilgandi. Oradan bir yil ötib rimliklar uning transfer huquqini töliq sotib olişgandi.

Ötgan mavsumda Ryudiger rimliklar safida barça turnirlar doirasida 36 uçraşuvda maydonga tuşgan va bir gol urib, 4 golli uzatma muallifi bölgandi.

Antonio Ryudiger biroz oldinroq Germaniya  terma jamoasi bilan Konfederatsiyalar Kubogi-2017 turnirida çempion bölgandi.