YeIda foydalanuvçi elektron gadjyeti buzilib qolganida qurilmani ta'mirlaş yoki uni almaştirişni sörab işlab çiqaruvçi kompaniyaning rasmiy xizmat körsatuvçi markazi (servis)ga murojaat qilmaslik huquqiga ega böldi. Yevroparlamentning yangi rezolyutsiyasi şunday huquqni taqdim etmoqda. Hujjat iste'molçi nuqtainazaridan ğalati körinadigan usullar bilan savdo hajmini oşiradigan ayrim taniqli brendlarning biznes-modelini yöqqa çiqarişga qaratilgan. 

Endilikda, işlab çiqaruvçilar dasturiy qulflar, nostandart boltlardan voz keçişi va ta'mirlaşga loyiq bölişini ta'minlaşi talab etiladi. Xususan, bu butlovçi qismlarni almaştirişni qulaylaştirişga ham doirdir. Bunday qonunçilik asosini yaratiş YeI mamlakatlarida işlatilgan gadjyetlar savdosi hajmini kengaytiradi va mahalliy iş örinlari barpo qilişga kömak beradi. Bundan taşqari, bu kabi ratsional yondaşuv işlab çiqaruvçilar xarajatlarini ham qisqartiradi. Masalan, Samsung kompaniyasi Galaxy Note 7 telefonlari bilan yuz bergan holatda nosoz batareyalarni almaştirganda qulayroq va kamxarj bölar edi. 

Parlament a'zolari qurilmalar reytingini dizaynerlik körinişiga boğliq ravişda emas, balki foydalanuvçilar fikriga asoslangan holda tuzişni taklif qilişmoqda. Şu bilan qurilmaning yaroqlilik muddati, ta'mirlaşga loyiqligi va yangilaniş imkoniyati aniqlanadi. Yevropaliklarga gadjyetlarini ta'mirlaşda iFixit va SOSav  kabi xizmatlar yordam beradi.