Indoneziya prezidenti Joko Vidodo oila a'zolarining Turkiya va Germaniyada bölgan vaqtlari uçun xarajatlarini özi tölaydi. U bu mamlakatlarda rasmiy taşrif bilan bölgan hamda G20 sammitida iştirok etgan. Jakarta Globe gazetasining yozişiça, davlat rahbarining matbuot xizmati rahbari Bey Mahmudin şunday ma'lumotni taqdim etgan.
"Prezident u bilan birga borgan oila a'zolarining parvozi, yaşaşi va boşqa xarajatlariga doir çekni körsatişni söradi. U bularni şaxsan tölaşini aytdi", - degan matbuot kotibi.
Byudjyet şaffofligi böyiça Indoneziya forumi boş kotibi örinbosari Apun Vidadi hukumatdan prezidentning yaqinda Turkiya va Germaniyaga safarlariga doir tuşuntirişlar berişni söragan edi. Mamlakat qonunçiligiga köra, davlat rahbari safari çoğida faqat rafiqasini byudjyet hisobidan olib ketişi mumkin. Biroq, Vidodo özi bilan birga 3 farzandi, kelini va bir yarim yaşar nevarasini ham olib ketdi.
Bundan taşqari, matbuot kotibining qayd etişiça, "oilaning barça a'zolari prezident samolyotida bölganiga qaramay, ular noqulaylikka sabab bölmagan va Indoneziya rasmiy delegatsiyasi işiga xalaqit bermagan".












