Özbekiston hududiga Turkmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo kirib kelişi töxtamoqda.
Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berişiça, 11 iyul kuni Toşkentda havo biroz bulutli böladi, vaqti-vaqti bilan özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Şamolning tezligi sekundiga 12-17 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 23-25, kunduzi 36-38 daraja issiq böladi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli böladi, ayrim joylarda yomğir yoğib, momaqaldiroq bölişi mumkin. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esyotgan şamol ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 25-30, kunduzi 30-35 daraja issiq böladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan şamol ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 23-28, kunduzi 34-39 daraja issiq böladi.
Toşkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Şamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja issiq böladi.
Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli böladi, ayrim joylarda özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Şamolning tezligi ba'zi joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 25-30, kunduzi 36-41 daraja issiq böladi.
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Şamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 22-27, kunduzi 38-43 daraja issiq böladi.
Respublikamizning toğli hududlarida havo özgarib turadi, yoğingarçilik bölmaydi. Şarqdan esayotgan şamol öz yönalişini özgartirib, ğarbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Şamolning tezligi ayrim joylarda sekundiga 15-20 metrgaça kuçayişi mumkin. Keçasi 14-19, kunduzi 25-30 daraja issiq böladi.

















