Germaniyada yangi tarixiy harorat rekordi qayd etildi. Saksoniya-Anxalt yerida joylaşgan Drevits qişloğidagi harorat ölçaş stansiyasida harorat 41,5 darajaga yetdi, deb xabar berdi Germaniya meteorologiya xizmati.

Ta’kidlanişiça, bu dastlabki ma’lumot bölib, u rasman 29 iyundan keyin tasdiqlanadi. Meteorologlar ölçov stansiyalaridagi körsatkiçlarni muntazam kuzatib borişmoqda va termometr ustuni 42 darajadan oşişini istisno qilişmayapti. 

Avvalgi rekord – 41,3 daraja harorat 26 iyun kuni Burbax tumanida qayd etilgandi. Ma’lumot berilişiça, 27 iyun kuni bu yerda havo harorati 41,4 darajaga yetgan.