Özbekiston Respublikasi Qişloq va suv xöjaligi vaziri Zoyir Mirzayev 5 iyul kuni Xitoy Xalq Respublikasining Sifat nazorati, inspeksiya va karantin böyiça boş ma'muriyati vaziri Çji Şupin bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Özbekiston Qişloq va suv xöjaligi vazirligi rasmiy saytida xabar berilgan.

Uçraşuvda tomonlar Özbekiston va Xitoy örtasidagi özaro manfaatli aloqalar mustahkam an'anaviy döstlik, özaro işonç va hurmat ruhida muntazam rivojlanib borayotganligini ta'kidlaşgan. Bu borada ikki mamlakat örtasidagi munosabatlarning mustahkam huquqiy asosi bölgan Döstlik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma özaro aloqalarning poydevori bölib xizmat qilayotgani qayd etilgan. Jumladan, xitoylik hamkorlar bilan qişloq va suv xöjaligining turli sohalarida qator istiqbolli loyihalar amalga oşirilayotgani keltirilgan.

Ma'lum qilinişiça, joriy yilning ötgan davri mobaynida Xitoyga jami qiymati 14,4 mln. dollarlik 7,6 ming tonnadan ortiq meva-sabzavot, jumladan, qizilmiya ildizi, quritilgan uzum, qovun, örik mahsulotlari eksport qilingan.

Uçraşuvda Özbekiston va Xitoy örtasida qişloq va suv xöjaligi sohalaridagi aloqalarni yanada rivojlantiriş, şu jumladan Xitoy bozoriga eksport qilinayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlari röyxati va hajmini kengaytiriş istiqbollari muhokama qilingan.

Tomonlar Xitoyga gilosni eksport qilişda hamda uy hayvonlari uçun ozuqani eksport qilişda karantin holatini bajariş böyiça bayonnomalar imzolaşgan.