Andijonda Özbekiston Yoşlar ittifoqi viloyat kengaşining navbatdan taşqari yiğilişi bölib ötdi. Unda Nodirbek Yusupov viloyat Yoşlar ittifoqiga rais etib saylandi. Bu haqda Andijondagi Kun.uz muxbiri xabar berdi.

1984 yilda Andijon şahrida tavallud topgan Nodirbek Yusupov bundan avval Andijon şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.

U Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi a'zosi hisoblanib, 2005 yilda Andijon davlat universiteti, 2013 yilda esa Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan.

Foto: "Kun"