Hindiston politsiyasi keçki ovqatni vaqtida olib kelmagani uçun turmuş örtoğini otib taşlagan 60 yoşli erkakni qölga olmagan. Bu BBC News xabar tarqatgan.

«Janob Kumar har kuni içib yurgan. 8 iyul, şanba kuni ham u uyiga mast holatda kelgan va rafiqasi bilan janjal boşlagan. Rafiqasi qattiq xafa böladi, u bilan vaziyat haqida gaplaşib olişga harakat qiladi, ammo u ovqat söraydi. Yakunda er xotinini otib taşlaydi», — deya matbuotga ma'lum qilgan politsiya vakili Rupeş Singh.

Ayolni şifoxonaga olib ketişgan, ammo u yölda jon bergan.

Hindistonda erlarning rafiqalariga zöravonlik qilişi oqibatida ölim röy berişi — eng köp uçraydigan jinoyat turlaridan biri hisoblanadi. 2015 yilda örtaça har daqiqada erning xotinga zöravonligi holati qayd etilgan. BBC News tomonidan ötkazilgan sörovlarga köra, erkaklarning 54 foizi va ayollarning 51 foizi er ayolini qarindoşlariga hurmatsizlik uçun, bolalarga beparvoligi va hatto ovqatning tuzi pastligi uçun urişi mumkin, deb hisoblaydi.