Vazirlar Mahkamasining 4.07.2017 yildagi 462-son “Jismoniy şaxslar mehnat stajini elektron hisobga olişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori e'lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.
Eslatib ötamiz, 2019 yil 1 yanvardan birinçi marta işga joylaştirilganlarga qoğoz şaklida mehnat daftarçalarini beriş töxtatilib, respublikada “Elektron mehnat daftari” tizimi joriy qilinmoqda.
Biroq, mehnat daftarçasini elektron hisobga oliş bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi:
• 1.01.2018 yildan – yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon xöjaliklari a'zolari, yirik qoramol va boşqa qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirayotgan şaxslar, şuningdek yuridik şaxs bölmagan boşqa tadbirkorlik sub'yektlari;
• 1.01.2019 yildan – qolgan taşkilotlar.
Iş beruvçilar soliq organlariga har bir jismoniy şaxs kesimida mehnat staji (şu jumladan lavozimi holati, vaqtinça mehnatga layoqatsizligi davrlari, ta'tilda bölganligi va uzrli sabablarga köra işda bölmagan boşqa davrlar) töğrisida ma'lumotlarni taqdim qiladi.
Uşbu axborot YaIT va Moliya vazirligi huzuridagi byudjyetdan taşqari Pensiya jamğarmasiga fuqarolarning suğurta badallari böyiça soliq hisoboti tarkibiga kiritiladi. Ma'lumotlar saqlanişini ta'minlaş uçun mehnat staji töğrisida arxiv ma'lumotlarini rezerv saqlaş mexanizmi işlab çiqiladi.
2019 yildan boşlab fuqarolar mehnat faoliyati töğrisidagi ma'lumotlarni YaIDXP orqali interaktiv davlat xizmatlari vositasida olişlari mumkin böladi.
















