Hukumat qarori bilan «Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritiş hamda undan foydalaniş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Nizom mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritiş va undan foydalaniş, şuningdek, soliq imtiyozlariga mahsulotlarning (tovarlarning va xizmatlarning) identifikatsiya kodlarini biriktiriş tartibini belgilaydi.
Işlab çiqariladigan va import qilinadigan tovarlar hamda körsatiladigan xizmatlar milliy katalog obekti hisoblanadi.
Milliy katalog quyidagi holatlarda va maqsadlarda işlatiladi:
- elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylaştirişda;
- onlayn-NKT çeklarida;
- bojxona yuk deklaratsiyasini töldirişda (bojxona çegarasidan birinçi marta olib kirilayotgan tovarlar bundan mustasno);
- qonunçilik hujjatlarida belgilangan boşqa holatlarda.
Milliy katalogdan Internet jahon axborot tarmoğidagi tasnif.soliq.uz rasmiy veb-sayti orqali foydalaniladi.
Mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) uçun soliq imtiyozlari soliq organlari tomonidan uşbu imtiyozlar nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlarda körsatilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlariga biriktiriladi.
















