Şavkat Mirziyoyev joylarda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borişi, bunyodkorlik işlari bilan tanişiş, xalq bilan muloqot qiliş maqsadida 7-8 iyul kunlari Namangan viloyatida böldi. 

Prezident viloyat faollari bilan bölib ötgan yiğiliş davomida yoşlar masalasi va rahbar kadrlar haqida ham töxtalib ötdi.

“Xalq işonçini qozoniş oson emas. Amalda egallaş oson, unga munosib bölib yuriş oson emas. Hammaga sadoqatliligiga qarab, vafodorligiga qarab, fidoyiligiga qarab vaqtida baho beramiz. Odamlar bugun xohlayapti mendan: Ey, sen kattakon bölsang, senga biz işondik. Salgina bölsa ham bizga bugun qilib ber, deyapti. Imkon yarat, deyapti. Şu nuqtai nazardan, şaxsan men yönaliş berişim mumkin, qaror qabul qilişim mumkin, lekin joylardagi rahbarlar şu qarorni, şu yönalişni agarda sadoqat bilan, özini qiynab ikki yil, odamlar sezsinki, ijro organining hamma rahbari özgarayapti. 

Işonamanki, bir ikki yildan keyin bizga juda katta kuç bölib yoşlar kirib keladi. Mening özim rahbarlik qilaman yoşlarga. Qanday oğir bölmasa ham, bir haftada ikki marotaba bularning dardi bilan şuğullanaman. Tuman, viloyatning içki işlari böladimi, prokurori böladimi, soliqçisi, bojxonaçisi böladimi, rektori böladimi – yoşlar bilan haftada uç-tört marotaba şuğullanmagan rahbarni qöymayman. Vazirdan boşlab to pastgaça”, - degan Mirziyoyev.