Şavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni Toşkent şahrining Sergeli tumanida bölib, tumanda bunyod etilayotgan uy-joylar qurilişi bilan tanişdi.
ÖzA xabariga köra, Sergeli tumanining 6-mavzesida 66ta 7 qavatli uy bunyod etilmoqda. Bu uylar qurilişi mustaqillik bayramining 26 yilligi arafasida foydalanişga topşiriladi. Mazkur turar joylar tufayli 2 ming 500 dan ziyod oila yangi uyga köçib ötadi.
Sergeli tumanidagi quriliş işlari uçta maydonda olib borilmoqda. 6-mavzedagi 66 ta yetti qavatli uy mustaqillik bayrami arafasida öz egalariga topşiriladi. Boşqa maydonlardagi 36ta köp qavatli uylarni quriş işlari ham boşlab yuborilgan.
Uylar mamlakatimizda işlab çiqarilgan quriliş materiallaridan zamonaviy qilib barpo etilmoqda. Şuningdek, maktablar, maktabgaça ta'lim muassasalari, dam oliş joylari, poliklinikalar, bolalar maydonçalari, avtomobil turar joylari va infratuzilmaning boşqa obektlari qurilişi rejalaştirilgan.
Prezident uşbu uylardan biriga kirib, bu yerda yaratilayotgan şaroitlar bilan qiziqdi.
«Mamlakatimizda aholini uy-joy bilan ta'minlaş böyiça zamonaviy tizim yaratildi. Bu odamlarning köp yillik orzu-istaklarini röyobga çiqaradigan muhim yönaliş. Bu işlarni öz vaqtida boşlamaganimizda şunday natijaga erişa olarmidik», dedi prezident.
Davlat rahbari sohadagi işlarni yana bir bor tanqidiy körib çiqiş, odamlar hayoti uçun yaratilayotgan qulayliklarni yanada oşiriş, bunda masalaning har bir jihatiga e'tibor beriş zarurligini ta'kidladi.
Quriliş taşkilotlarining moddiy-texnik va kadrlar salohiyatini kuçaytiriş, massivlarda manzarali daraxtlar va gullar ekiş, şaharsozlik madaniyatini rivojlantiriş masalalariga e'tibor qaratildi. Bu yerga köçib keladigan aholining dunyoqaraşini boyitiş va mas'uliyatini oşiriş, ayollar va yoşlar uçun iş joylari taşkil etiş böyiça körsatmalar berildi.
Şu yerda Sergeli tumanini kompleks rivojlantiriş böyiça istiqboldagi rejalar namoyiş etildi.












