Amerikalik yozuvçi Stiven King AQŞ prezidenti Donald Trampni «feyk» deb atadi. Xabar Kingning tvitterida e'lon qilingan.

«Xabarlar haqiqiy. Prezident feyk», - deya ma'lum qilgan yozuvçi.

Kingning izohi tezlik bilan maşhur bölib ketdi. Bu uning eng ommabop tvitlaridan biriga aylandi.

Yozuvçi bayonotiga bildirilgan reaksiya turliça böldi, deb xabar bermoqda BuzzFeed. Ba'zi foydalanuvçilarning sözlariga köra, King Tramp özi saylangan işni qilayotganini yodidan çiqarib qöygan. Boşqalar esa King kitoblarini feyk, deb ataşdi.

Yozuvçi muxlislari uni qöllab-quvvatlaşgan. Bundan taşqari, foydalanuvçilarning bir qismi prezident uçun hazil muqobil variantlarni ham öylab topa boşlagan.

Oq uy bu borada hozirça izoh bermadi.