Elbek Habibullayeviç Şukurov Toşkent şahrining Sergeli tumaniga hokim etib tayinlandi.

Elbek Şukurov 1988 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 2009 yilda Toşkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2013-2015 yillarda «Kamolot» yoşlar harakatining Toşkent şahri kengaşiga raislik qilgan, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining budjet va iqtisodiy islohotlar qömitasi a'zosi hamda Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi raisining yoşlar masalalari böyiça örinbosari bölgan. 2017 yil iyulidan 2018 yil avgustigaça Yoşlar ittifoqining Toşkent şahar kengaşiga raislik qilgan.

2018-2020 yillarda Toşkent şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma'naviy-ma'rifiy işlar böyiça örinbosari, 2020 yildan hozirgi vaqtgaça Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining örinbosari sifatida işlagan.

Jahongir Bahodiroviç Ibrohimov Toşkent şahrining Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi.

Jahongir Ibrohimov 1982 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan.

2006 yilda Toşkent arxitektura-quriliş institutini tamomlagan.

2017 yildan hozirgaça Sirdaryo viloyati hokimining sanoatni rivojlantiriş, kapital quriliş, kommunikatsiyalar va kommunal xöjalik masalalari böyiça örinbosari bölib işlagan.

Baxtiyor Tugambayeviç Rahmonqulov esa Yaşnobod tumanining hokimi etib tayinlandi.

Baxtiyor Rahmonqulov 1976 yilda Toşkent viloyatida tuğilgan. 

1997 yilda Samarqand oliy harbiy avtomobil qöşinlari muhandislik bilim yurtining qömondonlik taktik avtomobil qöşinlari mutaxassisligi böyiça va 2008 yilda Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi akademiyasining fuqaro muhofazasi qömondonlik-ştab tezkor-taktik boşqaruvi sohasi mutaxassisligini tamomlagan.