Fan-texnika | 08:32 / 12.07.2017
5635
2 daqiqa o‘qiladi

Ford, Nissan va Mazda 2,7 million avtomobilni chaqirib olmoqda

Dunyoga mashhur Ford, Nissan va Mazda avtomobilsozlik gigantlari umumiy hisobda yana 2,7 mln avtomobilni qaytarib olmoqda. Ularning barchasi Shimoliy Amerika bozorida sotilgan va Yaponiyaning Takata firmasi ishlab chiqqan nosoz xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan. Bu haqda AQSh shosselari harakat xavfsizligi Milliy boshqarmasi xabarida ma'lum qilingan. 

Chaqirib olinayotgan avtomobillar 2005-2012 yillar modellari qatoriga tegishlidir. Nissan kompaniyasi ishlab chiqqan 515 ming Versa modeli va Mazda kompaniyasining B seriyasidagi pikaplaridan 6 ming donasidagi xavfsizlik yostiqchalari almashtiriladi. Qolgan transport vositalari Ford kotserni tomonidan ishlab chiqarilgan.

Boshqarmada xavfsizlik yostiqchalaridagi gazni kuchaytirgichning nosozligi haydovchi va yo‘lovchilarni "xavfga qo‘yadi". Takata nosozliklarni bepul almashtirish majburiyatini oladi.

Ma'lumki, Yaponiyaning ushbu kompaniyasi bilan bog‘liq mojaro 2014 yilda avj oldi. AQSh hukumati aniqlaganidek, Takata ishlab chiqqan xavfsizlik yostiqchalari nasosdagi nuqson sababli avtohalokat chog‘ida juda katta kuch bilan ochilishi mumkin. Buning oqibatida avtomobilda o‘tirganlarga metall yoki plastmassa parchasi uchishi mumkin. Shunday hodisalar tufayli dunyoda 17 kishi halok bo‘lgan, 180dan ortiq inson jarohat olgan. Umumiy hisobda, Takata xavfsizlik yostiqchalari sababli dunyo bo‘ylab 100 mlndan ortiq avtomobil chaqirib olingan edi. 

Mavzuga oid