Moskvada yaqin soatlar içida yana momaqaldiroq, döl va kuçli yomğir yoğişi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya FVVning şahar böyiça boş boşqarmasi xabar berdi.
«Moskvada yaqin soatlar içida, 12 iyul kuni kunduzi va keçqurun, 13 iyul kuni keçasi va ertalab kuçli yomğir, momaqaldiroq, döl kuzatiladi. Şamol soniyasiga 15-20 metr tezlikda esadi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanişiça, transport harakati murakkablaşişi, elektr uzatiş liniyalarida uzilişlar bölişi, daraxtlar va reklama tösiqlari qulaşi mumkin.
Qutqaruvçilar noqulay ob-havo paytida binolar içida, köçada esa daraxtlardan uzoqroqda bölişni tavsiya etişgan.











