Amerikalik boksçi Floyd Meyvezer va MMA jangçisi Konor Makgregor örtasidagi jangga bir oydan sal köproq vaqt qoldi va uşbu jangni qöllab-quvvatlovçi press-tur boşlab yuborildi. Ikki jangçi ijtimoiy tarmoqlarda bir neça oy bir-birlarini "maqtovlar" bilan siylaganlaridan keyin ilk marta yuzma-yuz uçraşdilar.
Irlandiyalik jangçi özini har doimgidek öziga işongan holda tutdi va bölğusi raqibiga kinoyalar qilişdan taşqari, uni "4-raundda qulatiş" bilan va'da berdi.
"Men undan, uning ringdagi çeklangan usullaridan qörqmayman. Agar bu haqiqiy jang bölganda, bir raund ham talab qilinmasdi", deb aytgan Los-Anjyelesda ötgan matbuot-anjumanda Makgregor.
U uçraşuvga sport kiyimida kelgan raqibini mazax qilişdan ham toymadi. Irlandning özi esa qora pijakda bölgan.
Meyvezer Makgregorning barça "jöjaxörozliklari"ga raqibi jangi uçun 7 va 8 raqamli summalar oladigan jangçi uçun juda yaxşi körinişda ekanligini aytgan.
"Biroq men 9 raqamli summalar oladigan jangçiman", deb aytgan Meyvezer va filippinlik bokçsi Menni Pakyaoga qarşi jangi uçun 280 mln dollar olganini eslatib ötgan.
Meyvezer va Makgregor örtasidagi jang 26 avgustda Las-Vegasda bölib ötadi.












