Özbekiston Milliy universitetida egizagi örniga imtihonga kirmoqçi bölgan qiz aniqlandi. Bu haqda universitet Qabul komissiyasi axborot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

Odatda köpçilik Fotima va Zuhra, Hasan va Husan kabi egizaklarni bir qaraşda ajratişga qiynaladi. Çunki ular nafaqat taşqi köriniş jihatdan, balki organizmining funksional tuzilmasi jihatidan ham bir-biriga nihoyatda öxşaş böladi. Şu bois ham ularni farqlaş notaniş odam tugul, öz taniş va qarindoşlariga, hatto ularni dunyoga keltirgan öz ota-onalariga ham ba'zi bir qiyinçiliklarni tuğdiradi. 

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetida qabul jarayonida zamonaviy biometrik texnologiyalar asosida - abituriyentlarni nazorat qiliş va boşqariş tizimi, şuningdek, qiyofadan tanuvçi va barmoq izlari skaneri orqali şaxsni aniqlaşga qaratilgan «aqlli texnologiya» qöllanilayotgani haqida avval xabar bergandik. 

2017 yil 12 iyul kuni ham özaro taşqi öxşaşlikdan ustamonlik bilan foydalanmoqçi bölgan Salimova Fotima (familiya özgartirilgan) öz singlisi Salimova Zuhraning örniga hujjatlarni ÖzMUning Biologiya yönalişiga topşirayotgan bir vaqtda uşbu «aqlli texnologiya» uning firibgarona qilmişini foş etdi.

Uşbu «aqlli texnologiya» Özbekiston Milliy universitetining tajribali olim va yoş mutaxassislarining ixtirosi hisoblanib, 2017-2018 öquv yili qabul mavsumida uşbu öquv dargohida Respublikadagi yagona tizim sifatida eksperiment tarzida qöllanilmoqda. 

Eslatib ötamiz, ÖzMUda bölib ötajak test sinovlarida ham ayni şu texnologiya qöllanadi. Imtihon ötkaziluvçi har bir auditoriyaga kuzatuv kameralari örnatiladi va test jarayonlarining töğridan-töğri namoyişi onlayn rejimda keng jamoatçilikka uzatiladi. 

Bu jarayondan közlangan asosiy maqsad - bilimli, iqtidorli abituriyentlarga öz bilim va intellektual salohiyatlari bilan öqişga kirişlariga imkoniyat yaratişdan iboratdir.

ÖzMU Qabul komissiyasi
Axborot xizmati