AQŞ harbiylari Suriyaning Raqqa şahrida "Suriya demoratik kuçlari"ga IŞIDga qarşi kuraşda yordam bermoqdalar, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.
AQŞ boşçiligidagi koalitsiya vakili, AQŞ polkovnigi Rayan Dillonning aytişiça, orasida maxsus kuçlarning köp sondagi jangçilari bölgan harbiylar bevosita janglarda iştirok etmay, mahalliy kuçlarga "maslahat bermoqdalar, yordam körsatmoqdalar va hamrohlik qilmoqdalar".
Raqqa 2013 yildan beri IŞID nazoratida bölib kelmoqda. Şahar IŞIDning norasmiy poytaxti hisoblanadi. 2016 yilda AQŞ boşçiligidagi koalitsiya şaharni ozod qiliş böyiça operatsiya boşlanişini, joriy yilning iyul boşida esa "Suriya demokratik kuçlari" şaharning eski qismida jangarilar mudofaasini yorib ötganini ma'lum qilgan.












