Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 12 iyul kungi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Özbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yiğilişida bundan buyon yoşlardan kadr tanlaşda uning qarindoşlari sudlangan-sudlanmaganiga qaralmasligini aytib ötdi.

«20 yil davomida şunaqa tizim yaratdikki, yaxşi-yaxşi kadrlarni «otasi qamalgan», «akasi qamalgan» degan vajlar bilan boşqaruvga yaqin yölatmadik. Barça özi uçun javob bersin. Ota özi uçun, bola özi uçun, aka özi uçun. Endi vatanparvar bölsa, taşabbuskor bölsa, boşqaruvga jalb qilamiz», degan Şavkat Mirziyoyev.

Şu kungaça qarindoşlari sudlangan yoki qamalganlar ijtimoiy faoliyatida turli tösiqlarga duç kelişi kuzatiladi. Bu toifadagi yoşlar özi istagan oliygohga öqişga kirişda, özi istagan iş bilan şuğullanişni istaganida diskriminatsiyaga uçraydi. Bu holat jamiyatdagi maişiy munosabatlarda ham aks etadi - ota, aka-uka, amaki-toğalar qilgan qilmişlarining farzandga (jigarga) ta'siridan taşqari, öşa xonadonga kuyov (yoki kelin) bölmasidan ham oldin javobgarlikka tortilgan qaynota-qaynoğalar qarindoşlarining faoliyatiga ta'sir körsatişi mumkin. Ba'zi hollarda yuridik oliygohni bitirganlar kareramga ta'sir qiladi, deb sudlangan oilalar bilan quda ham bölmay qöyayotgan edi.