Axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasida ekspert komissiyasi Özbekistonga olib kiriş, nusxa köçiriş va tarqatiş tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar röyxatini tasdiqladi.
Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati bergan xabarga köra, uşbu röyxatdan syujyetida zöravonlik, şafqatsizlik, vahşiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste'molini, şuningdek axloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, şahvoniy nafsga erk beriş, besoqolbozlik, svingerlikni tarğib qiluvçi sahnalar bölgan 225ta xorijiy kinofilm örin olgan.
Röyxatdan «La'nat» (The Curse), «Astral» (Insidious), «Juda qörqinçli kino» (Scary Movie), «Arra» (Pila), «Tepaliklarning közlari bor» (The hills have eyes), «Yovuzlik maskani» (Resident evil) va boşqa film hamda seriallar örin olgan.
Töliq röyxat uşbu havolada keltirilgan.












