«Sevilya» yarim himoyaçisi Vitolo faoliyatini «Atletiko»da davom ettiradi.
Ispaniyalik futbolçi madridliklar klubi bilan 5 yillik şartnoma tuzgan. Ammo bu şartnoma 2018 yilning 1 yanvaridan, «Atletiko»ga yangi futbolçilarni tarkibga qöşib oliş böyiça taqiq muddati tugagaç, kuçga kiradi. Vitolo mavsumning birinçi qismini La Liganing boşqa bir jamoasi «Las-Palmas»da ötkazadi.
«Atletiko» uşbu futbolçini qölga kiritişi haqida iyul oyi boşida ma'lum bölgandi.
Madrid jamoasiga transferlar böyiça qöyilgan taqiq tufayli uşbu transfer murakkab tarzda amalga oşdi.
Vitolo avvaliga «Sevilya» bilan 5 yillik yangi şartnoma imzoladi. Bu tufayli «Sevilya» uşbu yetakçisi uçun mömay mablağ işlab olişi mumkin böldi.
«Atletiko» futbolçini transfer qiliş uçun uning ilk klubi – «Las-Palmas»dan yordam oldi. Bu jamoa madridliklar iltimosiga köra, Vitoloni «Sevilya»dan 37,5 million yevroga sotib oldi.
Futbolçi bugun Madridda ham «Las-Palmas», ham «Atletiko» uçun tibbiy körikdan ötdi va Kanar orollariga yangi şartnoma imzolaş uçun yöl oldi.
Marca xabariga köra esa, futbolçining özi 37,5 million yevroga öz şartnomasini sotib olgan, keyin La Liga ofisiga «Las-Palmas» direktori bilan birga kelgan.
«Las-Palmas» yanvarda futbolçini «Atletiko»ga beradi, jamoa vositaçilik uçun 5 million yevro (transferdan 12 foizlik uluş) işlaydi.
Futbolçi «Atletiko»da yiliga 5 million yevro miqdorida maoş oladi.












