26 avgust kuni boks ixlosmandlari Konor MakGregor va Floyd Meyvezerning boks ringidagi jangiga guvoh bölişadi. Keça ikki sportçi iştirokidagi ilk matbuot anjumani ötkazildi. Taniqli sport şarhlovçisi Davron Fayziyev özining Feysbukdagi sahifasida uşbu matbuot anjumani va kutilayotgan jang haqidagi fikrlari bayon etilgan post joylaştirdi.

* * *

Boşlandi! Keça birinçi matbuot anjumani ötkazildi va birinçi rekord qayd etildi. Jang rasman e'lon qilingandan keyin ular ilk marta yuzma-yuz uçraşişdi. Internetda esa onlayn translyatsiya rekordi örnatildi. Hali yana bir neça matbuot anjumanlari bölib ötadi. Ulardan biri Londondagi «Uembli» stadionida.

Şunçaki tasavvur qiling: MATBUOT ANJUMANIni tomoşa qiliş uçun internetda sotuvga çiqarilgan çiptalar 2 DAQIQADAYoQ SOTILDI! STADIONGA! Bu faqat matbuot anjumanining çiptalari hali. Jangga çiqarilgan çiptalarning rasmiy narxi 90.000 dollargaça.

Çunki, bunaqa voqea sport tarixida bölmagan. Bir biriga raqobatçi ikki yönaliş — professional boks va MMAning mutlaq birinçi raqamlari uçraşişadi. Ikkalasi öz yönalişida janglar orqali qölga kiritilgan mablağlar va translyatsiyalar sotuvi böyiça rekordçilar hisoblanişadi.

Konor MakGregorga qoyil qoliş kerak. U şer böla turib, akulaning hududiga ötib kuraşadi. Jang töliqligiça boks qoidalari böyiça ötkaziladi. Rasman Konor professional boksçi sifatida ringga çiqadi. Şu sababli, boks olami bir ovozdan «Konorning ringdagi hayotini 1 raunddan iborat», deya taxmin qildi.

Menimça, şoşmaslik kerak. UFC oktagoni bu — sportning eng oğir hududi. U yerda rostdan ham insonning jismoniy imkoniyatlari yöl qöyadigan maksimum darajadagi atletlar kuraşadi. U yerdan soğ çiqib ketişning özi bir katta natija. Ana öşa hududdan Number one, Qirol unvoni bilan kelayotgani jangçini jiddiy qabul qilmaslik — katta xato.

Töğri, Konor favorit emas, bu fikrga qöşilaman. U anderdog bölib keladi. Meyvezer — favorit, u — maşina. Floyd Meyvezerning faoliyatini taxminan 15 yildan beri kuzataman va biror jangini ötkazib yubormaganman. Şu vaqt içida u yutqaziş u yoqda tursin, hatto tizzasini yerga tekkizmagan, biror marta gandiraklamagan. Eng zörlar bilan uçraşgan. Bunga u, şubhasiz, noyob qobiliyati va oğir mehnati bilan erişgan.