«Mançester Yunayted» yarim himoyaçisi Adnan Yanuzay öz faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi. «MYu» öz rasmiy saytida Yanuzay «Real Sosedad»ga ötayotgani haqida xabar e'lon qildi.
«Jamoani tark etayotgan va öz faoliyatini „Real Sosedad“da davom ettiradigan Adnan Yanuzayga muvaffaqiyat tilaymiz», - deyiladi xabarda.
Avvalroq Yanuzay san-sebastyanliklar bilan beş yillik şartnoma imzolaşi haqida xabarlar tarqalgandi. Bunga qadar 22 yoşli yarim himoyaçi ijara huquqi asosida Dordmundning «Borussiya» klubi va «Sanderlend» jamoasida töp surgan.
Yanuzay «MYu»ga «Anderlext»dan 2011 yilda, 16 yoşida ötgandi.












