Şavkat Mirziyoyev videoselektorda bundan buyon viloyat va respublika miqyosidagi ijroiya hokimiyati yuqori lavozimlariga tayinlaşda partiyalar fikrini albatta inobatga oliş tartibini joriy etiş taklifini bildirdi.

«Yana bir jiddiy masalaga e'tiboringizni qaratmoqçiman. Bizda hokimlar ma'lum bir siyosiy partiya a'zosi hisoblanadi. Lekin, ular hokim bölganidan keyin özi a'zo bölgan partiya bilan umuman aloqani uzib qöyadi. 

Bu borada bir taklifni ilgari surmoqçiman: tuman yoki şahar hokimi nomzodini viloyat hokimi tomonidan tegişli mahalliy kengaşlarda har bir partiya guruhi bilan maslahatlaşuv ötkazilganidan söng tegişli sessiyada tasdiqlaş tartibini joriy etsak, nima deysizlar? 

Sizlarga ma'lumki, bunday tartib hozirgi vaqtda viloyat miqyosida mavjud. Ammo u faqat qoğozda bor-u, amalda, afsuski, işlamayapti. 

Biz endi ana şu qonuniy mexanizmni mahalliy kengaşlarning barça bosqiçida samarali işga solamiz. Agar birorta nomzod partiya guruhlari muhokamasidan ötmasa, u hokim lavozimiga tayinlanmaydi. 

Aytiş kerakki, hokim lavozimiga nomzod siyosiy partiyalar tomonidan taqdim etilgan kadrlar orasidan tanlab olinadi, ya'ni hokim muayyan siyosiy partiyadan böladi. Buning uçun har bir siyosiy partiyada hokimlikka nomzodlar böyiça kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadga muvofiq bölar edi. 

Ayni paytda mahalliy kengaşlardagi partiya guruhlariga tegişliça tuman yoki şahar hokimlari, şuningdek, mahalliy ijro organlari rahbarlarining qoniqarsiz faoliyati haqida xulosalarni viloyatlar va Toşkent şahar hokimlariga taqdim etiş huquqini ham beriş kerak, deb hisoblayman. Bu borada har bir siyosiy partiya guruhi öz xulosasini berişi lozim. 

Yana bir taklif – bundan buyon viloyat va respublika miqyosidagi ijroiya hokimiyati yuqori lavozimlariga tayinlaşda partiyalar fikrini albatta inobatga oliş tartibini joriy etsak, nima deysizlar? 

Şu munosabat bilan Davlat maslahatçisi O.Murodovga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi bilan birgalikda bir oy muddatda «Siyosiy partiyalar töğrisida»gi qonunga va boşqa qonunlarga özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasini tayyorlaş topşiriladi», degan prezident.