Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Salvador Dalining jasad qoldiqlari qachon eksgumatsiya qilinishi ma'lum bo‘ldi
Ispaniyada mashhur rassom Salvador Dalining jasad qoldiqlari qachon eksgumatsiya qilinishi ma'lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda La Vanguardia. Bu jarayon 20 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.
Ta'kidlanishicha, biologik material Figerasdagi Dali muzey-teatri hududida olinadi.
Folbin ayol Mariya Pilar Abel Martines 2015 yildan beri otasi Dali ekanini iddao etib keladi. Abelning so‘zlariga ko‘ra, rassom uning onasi bilan 1955 yilda ishqiy aloqada bo‘lgan. O‘shanda Dalining rafiqasi Yelena Dyakonova edi. Ularning farzandlari bo‘lmagan.
Mashhur rassom 1989 yilda 85 yoshida vafot etgan.
Avvalroq Salvador Dalining jasad qoldiqlari eksgumatsiya qilinishi haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:32 / 26.10.2022
Kiyev: Ozod etilgan hududlarda 1000 ga yaqin jasad eksgumatsiya qilindi
09:55 / 08.10.2019
AQShda «birinchi raqamli jamiyat dushmani» qabri ochiladi
18:40 / 24.09.2019
Ispaniyada diktator Frankoning qabri ko‘chiriladigan bo‘ldi
15:00 / 19.03.2018