Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati maʼlumotiga koʻra, hodisa 25-sentabr kuni soat 22:45 larda Kichik halqa avtomobil yoʻlida, 83-maktab qarshisida sodir boʻlgan.
Mototransport vositasini boshqarib ketayotgan J.Sh. oraliq masofani saqlay olmasdan, oʻzi bilan bir yoʻnalishda harakatlanayotgan, 1994-yilda tugʻilgan T.L. boshqaruvidagi GAZ-5312 bilan toʻqnashgan.
Shundan soʻng mototransport haydovchisi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda kelayotgan, 2001-yilda tugʻilgan Sh.S. boshqaruvidagi Kia K5 avtomobili bilan ham toʻqnashgan.
J.Sh.ga tez tibbiy yordam koʻrsatilganiga qaramay, u shifoxonaning jonlantirish boʻlimida vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi tegishli bandlari asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
YHXB mototransport haydovchilarini oraliq masofani saqlash va belgilangan tezlik meyorlariga rioya qilishga chaqirgan.

















