Şavkat Mirziyoyev videoselektorda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining faoliyatini ham tanqid qilib ötdi.

«Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining faoliyatini ham mamlakatimizdagi yetakçi siyosiy kuç sifatida faol va samarali deb bölmaydi. 

Prezident saylovlari bölib ötganiga ham, mana, hademay bir yil töladi. Lekin partiyamiz hozirgi paytda yangi ğoyalar, yangi taşabbus va takliflarni örtaga qöyayotgani yöq. 

Mana, biz Özbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yangiça asosda taşkil etib, uning rahbarlarini ham özgartirdik. 

Mamlakatimizda tadbirkorlik va xususiy mulkçilikni yanada qöllab-quvvatlaş, bu sohaga yangi-yangi imtiyoz va preferensiyalar yaratib beriş böyiça ulkan işlar amalga oşirilmoqda. Qança erkin iqtisodiy zonalar, qişloqlarda kiçik sanoat hududlari taşkil etilyapti. Qişloq xöjaligi sohasida biz uçun yangi bölgan tarmoq va yönalişlarga asos solinmoqda. Bu borada biz juda oddiy, juda sodda, lekin çuqur hayotiy asosga ega bölgan bir prinsipga amal qilyapmiz. 

Ya'ni, faqat bitta qişloq xöjalik ekiniga qaram bölib qolmasdan, daromad, foyda nuqtai nazaridan özini oqlamagan paxta maydonlarini qisqartirib, ularning örniga nimaiki daromad keltirsa, nimaiki eksportbop bölsa, nimaiki odamlar hayotini farovon qiladigan bölsa, ayni şu ekinni ekamiz. 

Lekin bu işlarni izçil va samarali amalga oşiriş, ularning pirovard natijasini ta'minlaş uçun barça mas'uliyat va javobgarlikni faqat ijro organlariga taşlab qöyiş ham töğri bölmaydi. Bu masalalarda tadbirkor va işbilarmonlar, fermerlar, xususiy mulk, jumladan, intellektual mulk egalarining huquq va manfaatlarini himoya qilaman, deb maydonga çiqqan Özbekiston Liberal-demokratik partiyasining örni va iştiroki, amaliy ta'siri aniq sezilişi zarur. 

Mana, yaqinda mamlakatimiz yoşlari öz qurultoyida yangi taşkilot – Özbekiston yoşlar ittifoqini taşkil etdi. Şu majlisda yoşlar hayotiga bevosita daxldor bölgan köpgina masalalar qatorida yoş tadbirkorlarni qiynayotgan qança muammolar ham örtaga qöyildi. 

Nima uçun Liberal-demokratik partiyamiz şu masalaga öz vaqtida e'tibor qaratib, bu muammolarni hukumat oldiga, tegişli vazirlik va idoralar oldiga qöymadi, degan savol, afsuski, javobsiz qolmoqda.