Senator va deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochadi

Shavkat Mirziyoyev videoselektor davomida senatorlar va deputatlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalariga ega bo‘lishi lozimligini qayd etib o‘tdi.
«Parlament faoliyatiga oid kamchiliklarga ayrim deputat va senatorlar o‘z vazifasini to‘g‘ri anglab yetmagani ham sabab bo‘lmoqda. Buni ochiq tan olishimiz kerak.
Shunday parlament vakillari ham borki, o‘tgan qariyb ikki yarim yil mobaynida muhokama etilayotgan qonun loyihalari va masalalar bo‘yicha biron marta ham ma'ruza qilmagan, ularga munosabat bildirmagan yoki ma'ruza yuzasidan chiqishlar qilmagan, ular faqatgina ko‘r-ko‘rona ovoz berish bilan shug‘ullanadi. Afsuski, bu – achchiq haqiqat.
Deputat va senatorlar o‘z faoliyati haqida saylovchilarni xabardor etib borish uchun Internetda, ijtimoiy tarmoqlarda o‘z sahifalarini ochib, zarur ma'lumotlarni ularga kiritib borishlari lozim. Dunyodagi ko‘pgina mamlakatlar allaqachon shu tizimga o‘tgan.
Bu boradagi ishlarni tashkil etish vazifasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sh.Shermatovga topshiriladi», degan Shavkat Mirziyoyev.
Prezident ayni paytda Oliy Majlis palatalari deputatlar va senatorlarni ma'naviy va moddiy rag‘batlantirishga doir nizomni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq etish lozimligi, bunda har bir deputat faoliyatini baholash va rag‘batlantirishning aniq mezoni va mexanizmlarini belgilash, shunga ko‘ra namuna ko‘rsatgan deputatlarga «adolatli deputat», «xalqparvar deputat», «mehnatkash deputat» degan nomlar berishni nazarda tutish maqsadga muvofiqligini aytib o‘tgan.
«O‘ylaymanki, bunday nomlarga sazovor bo‘lgan deputatlar keyingi saylovlarda avvalo siyosiy partiyalar tomonidan nomzod sifatida ilgari suriladi, eng muhimi, ular xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
Sidqidildan va samarali ishlagan, vakolati tugagan deputatlarga «faxriy deputat» maqomini berib, ularning oyligiga ustama haq to‘lash tizimini joriy qilish kerak. Jumladan, Qonunchilik palatasi deputati yoki Senat a'zosi bo‘lgan faxriy deputatlarimizga har yili eng kam oylik ish haqining 8 barobari, mahalliy kengashlarning faxriy deputatlariga – 3 barobardan 5 barobargacha bo‘lgan miqdorda mukofot berishni taklif etaman», deya prezident so‘zlarini keltirgan O‘zA.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mers Tramp bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirishni muhokama qildi
Jahon | 10:20
-
Andijon shahrida erkak janjal sabab xotinini o‘ldirdi
Jamiyat | 10:11
-
Nemis kompaniyalarining O‘zbekiston bozoriga kirishi osonlashtiriladi
O‘zbekiston | 10:10
-
Isroilning G‘azoga yangi hujumi oqibatida 37 falastinlik halok bo‘ldi
Jahon | 09:40
Mavzuga oid

16:01 / 25.06.2025
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar beriladi

19:29 / 12.06.2025
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi

21:14 / 06.06.2025
YeIga a’zo 5 ta davlat bolalar uchun TikTok va YouTubeʼni taqiqlash taklifi bilan chiqdi

21:45 / 22.04.2025