Stenford universiteti olimlari jahonning turli davlatlari aholisi harakatini baholaş uçun smartfonlardagi ma'lumotlardan foydalanişdi. Tadqiqotda dunyoning 111 mamlakatidan bölgan 717 ming erkak va ayollar iştirok etdi, ularning piyoda yuriş odatlari 95 kun davomida tahlil qilindi.
Olimlar zamonaviy barça smartfonlardagi akselerometrlar yordamida inson qança qadam qöyişini baholaş imkoniga ega bölişdi. Ma'lum bölişiça, tadqiq etilayotgan davlatlar fuqarolarining qadamlari örtaça soni 4961 ga teng böldi. Har kuni eng köp piyoda yuradigan kişilar Hongkong (6880) va Xitoyda (6189) yaşaşi ma'lum böldi, eng “dangasalar” esa - Malayziya (3963), Saudiya Arabistoni (3807) va Indoneziyada (3513) ekan. Olimlarning ta'kidlaşiça, qadamlarning örtaça soni alohida davlatlardagi semizlik böyiça örtaça körsatkiçlar bilan boğlanmagan.
Aksinça, semizlikka “faollikning tengsizligi” deb ataluvçi – eng dangasa va eng faol fuqarolar örtasidagi körsatkiç boğliqdir. Tadqiqot Nature jurnalida e'lon qilindi.












