AQŞ prezidenti Donald Trampning fikriça, u davlatni boşqarayotgan beş oy içida Qöşma Ştatlar tarixidagi boşqa istalgan yetakçidan köproq narsaga erişişning uddasidan çiqdi. Tramp şunday fikrni Reuters’ga bergan intervyusida bildirgan.
«Beş oy içida AQŞ tarixidagi istalgan prezidentdan köproq narsaga erişdik», - deya ma'lum qildi u.
«Agarda Iroq va Suriyaga qarasangiz, IŞID bilan kuraşda qanday yutuqlarga erişganimizni körasiz, bu asl muvaffaqiyat», - dedi Tramp.
Şuningdek, AQŞ prezidentining xabar berişiça, Oq uydagi kayfiyat hozirda fantastik darajada. Tramp Amerika fond birjalari körsatkiçi ösib borayotgani ham u tufayli ekanini aytdi.
«Oq uy demokratlar öylab topayotgan bölar-bölmas narsalarga qaramay, ajoyib tarzda faoliyat körsatmoqda», - deya xulosa qildi u.












