Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston pasport xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimini joriy etadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 11 iyul kuni migratsion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Prezidentning «Migratsion jarayonlar va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari haqida»gi Qaroriga muvofiq, O‘zbekistonda fuqarolarni pasport tizimi va migratsiya hamda fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida qabul qilish, davlat xizmatlari ko‘rsatishning elektron tizimi joriy etiladi.
Yangi tizim 2018 yilning 1 may kunidan joriy etiladi. Tizim biometrlik hujjatlarni berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtinchalik propiska olish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish jarayonini soddalashtiradi.
Prezident 2018 yilning 1 fevraliga qadar chet davlatlar hududida O‘zbekistonning migratsiya sohasidagi tegishli organlari vakolatxonasini ochish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasini topshirdi.
Shuningdek, davlat idoralari xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tish va mehnat qilishga ruxsat olish tartibini soddalashtirish masalasini ham ishlab chiqadi.
Mavzuga oid
07:21 / 27.02.2026
Ko‘rinmas front: harbiy operatsiyalarni izdan chiqara oladigan elektron tizimlar
11:58 / 24.09.2025
Nogironlikni belgilash bo‘yicha yangi elektron tizim joriy etilyapti
07:40 / 04.08.2025
Davlat xaridlarining elektron tizimi tashkil etiladi
10:34 / 02.08.2025