Honoluludagi okrug sudyasi Derrik Uotson Havayi ştatining maxsus sörovini qondirdi. U AQŞ prezidenti Donald Trampning mamlakatga olti arab davlati fuqarolari kirişini taqiqlovçi migratsiya farmonidan, unda tilga olingan ba'zi şaxslar toifasini çiqarib taşladi.  Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Uotsonning qaroriga köra, AQŞda buva yoki buvi, nabiralar, qarindoşlar, toğa, amaki, xola va ammaning farzandlari bölsa, bu mamlakatga kiriş uçun yetarli asos bölib xizmat qiladi.