Mamlakatimizda Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 9 martdagi «Avtomobil transportida yölovçilar taşiş sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oşirişni tartibga soliş töğrisida»gi Qarori bilan bu sohadagi faoliyatning tartib-qoidalari belgilab berilgan.
Andijon viloyatining Andijon tumanida yaşovçi Muzrobjon Risqiyev (ism-familiyasi özgartirilgan) «Damas» avtomaşinasini minib, köçaga çiqsa yayrab-yaşnab ketadi. Buning sababi bor... — deb hikoya qilinadi DSQ rasmiy saytidagi maqolada.
Tuman markazidan Andijon şahrigaça bir qadam. Maşinasi yölovçiga tölsa böldi, manzilga bir zumda yetib boradi-yu, yöl haqini sanab oladi, daromadni kissasiga uradi. Birov muşugini «pişt» demasa böldi. Ammo...
Hayotda tartib-tamoyil, qoida va talab degan tuşunçalar ham bor. Hozir avtotransportda yölovçi taşiş faoliyati bilan şuğullanib yurgan huşyor haydovçilarga «Avtomobil transportida yölovçilar taşiş sohasidagi tadbirkorlik faoliyatining alohida turlarini amalga oşirişni tartibga soliş töğrisida»gi 303-sonli qaror bilan tanişmisiz?» desangiz, «albatta!» degan javobni olasiz. Şunday bölişi ham kerak.
Afsuski, Muzrobjonga öxşagan uddaburonlar esa, faqat özining manfaatini öylaşdan nariga ötmaydi. U singari ayrim «quloqsiz» uçarlarning peşonasi «taq» etib devorga urilmaguniça insofga kelmas ekan.
Vaholanki, Muzrobjon Risqiyev 2015 yil 23 dekabr kuni Jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudi tomonidan heç qanday hujjatlarsiz, maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olmasdan aholiga pullik transport xizmati körsatiş bilan şuğullanganligi uçun ma'muriy jazoga tortilgan edi. Ammo, u söqir hassasini bir marta yöqotadi, degan gapning mağzini çaqib ulgurmagan ekan. Xuddi şunday qilmişni takrorladi-yu, yana boşi egildi.
Albatta, har qanday jinoyatga insonparvarlik tamoyillari asosida baho beriladi. Muzrobjonning xatti-harakati «qasddan sodir etilgan ijtimoiy xavfi katta bölmagan jinoyat» deb hisoblanib, unga imkoniyat berildi. Lekin, har qanday noqonuniy işga jazo muqarrar.
«Damas» avtomaşinasi töxtatilgan, biroq özini töxtatolmagan Muzrobjon Risqiyev Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi birinçi qismi bilan har oylik iş haqining ön foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda, bir yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga hukm qilindi. U jazoni nazorat qiluvçi organlar belgilab beradigan joyda ötaydigan böldi. Uşbu hukm köçaga avtomaşinasini minib çiqib, yölovçi taşib, mömay daromad topaman, degan bosar-tusarini bilmaydiganlarga saboq bölmoği darkor.












