2017 yilning 7 iyul kuni Mirzo Uluğbek tumanida Fomenko Yevgeniy öz xonadonida mast holatda akasi Fomenko Valeriy bilan janjallaşib qolgan. Yevgeniy ğazablangani ortidan oşxona piçoği bilan akasining kökrak qafasi  va tanasining boşqa joylariga urib tan jarohati yetkazgan. Toşkent şahar IIBBda bölib ötgan matbuot brifingida Doniyor Toşxöjayevning ma'lum qilişiça, jabrlanuvçi olgan jarohatlaridan kasalxonada vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan Mirzo Uluğbek tumani IIB Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvçining ölimiga sabab bölgan qasddan oğir tan jarohati yetkaziş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. 

Ayni vaqtda Fomenko Yevgeniyga nisbatan “qamoqqa  oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan bölib, tergov harakatlari olib borilmoqda.