Şimoliy Koreyaning ma'lum qilişiça, agarda BMT Xavfsizlik kengaşida KXDRning “Xvason-14” ballistik raketasi sinovi böyiça rezolyutsiya ma'qullansa, uşbu mamlakat javob çoralarini köradi.
Life’ning xabar qilişiça, mamlakat TIV vakili bayonotida gap qanday sanksiyalar haqida ketayotgani oydinlaştirilmagan, biroq ta'kidlanişiça, AQŞ (uşbu rezolyutsiya taşabbuskori) öz qöllari bilan öziga qabr qazimoqda.
- AQŞ bizning strategik maqomimizga töğridan-töğri nazar solib, fikrlaşning örniga, bosim va sanksiyalar siyosatini ma'qul körmoqda. Şu tariqa, ular öz qöllari bilan öziga qabr qazişmoqda, - deya ta'kidlanadi Pxenyanning bayonotida.
Eslatib ötamiz, KXDR Pxyonan-Pukto viloyati hududidan 4 iyul kuni ertalab ballistik raketa uçirdi. Raketa Yapon dengiziga quladi.












